Qurilishda norasmiy bandlikni qisqartirish ishlari olib borilmoqda

0
245

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustda “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-366-sonli Qarori qabul qilingan.

Mazkur Qarorda, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytirilishi (bunda savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno) belgilangan. Shuningdek, Qarorning 2-bandida, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishiga ruxsat berilgan. Qolaversa, qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorlikni jalb qilishi ham ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi tomonidan qurilish obyektlariga chiqqan holda, u yerda norasmiy mehnat qilayotgan ishchilarga qarorning mazmun-mohiyati, afzalliklari, mehnat staji yuritilishi to`g`risida tushuntirish ishlari olib borildi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here