15-mart kuni Sirdaryo viloyati qurilish va uy joy kommunal xo’jaligi qoshidagi Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazining navbatdagi 125 ta bitiruvchilari o’qishni tamomlashdi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i A.Xudaynazarov so’zga chiqib, bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab tadbirni ochib berdi.
Shu bilan birga tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan tashkil etilgan raqs va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Qolaversa, o’qish davomida malakali ustozlardan bilim va hunarlar o’rgangan salohiyatli talabalarni munosib taqdirlashdi. Shuningdek, 3 ta o’quv yo’nalishi bo’yicha faxriy yorliq, maxsus sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlashdi.