Qurilish sohasi malakali mutaxassislari o’z sertifikatlariga ega bo’lishdi

0
51

Prezidentimizning 2021-yil 25-yanvardagiVaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band bo’lmagan aholini o’qitishni tashkil etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4962-sonli qarori bilan joriy yil 1-aprelidan O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tarkibidagi Guliston qurilish kolleji qoshida Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi tashkil qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Mehnat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’shma qarori asosida Guliston qurilish kollejida 7 ta kasb (Elektrogazpayvandchi, Duradgor, Bo’yoqchi-bezakchi, Santexnika ishlari ustasi, Elektromontajchi, Stropalchi, Kran mashinisti) bo’yicha 130 nafar ta’lim oluvchilar qisqa muddatda (3 oy) kasb o’rganib, o’z malakalarini yanada oshirishdi. Kurs yakunida tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikatlar topshirildi.

Ta’lim oluvchilarga faoliyat davomida rus tili, Rossiya Federatsiyasining qonunchiligi, urf-odatlari hamda kasbiy fanlar chuqurlashtirilgan holda amaliy tashkil qilindi. Viloyatning eng salohiyatli qurilish korxonalari, jumladan “Yangiyer Trans Fayz Servis” MChJ, “Sherzodbek-Demirbek” MChJ korxonalari bilan hamkorlikda qurilish obyektlarida amaliy darslar tashkil qilindi. Bitiruvchilarimiz chet elda (Rossiya Federatsiyasining «Premium» MChJ, «Tvest» MChJ, «Sapfir» MChJ) hamda mahalliy ish beruvchilarimiz bilan shartnomalar imzolagan bo’lib ish bilan ta’minlanmoqda.