Qurilish materiallari va texnikalari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi

0
49

Respublikamizda hozirgi kunda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo’yicha barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi kunda aholini arzon turar joy bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlari, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon, yangi turdagi qurilish materiallariga talab va taklif tobora ortib bormoqda.

Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida qurilish materiallari va texnikalari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada:

  • O’zbek-Xitoy Savdo Uyi (O’XSU) taniqli brend ostidagi kompaniyalar guruhi;
  • “Zeppelin Internatsional AG” kompaniyasi;
  • “Izobubble” ko’pikli polietilen asosidagi izolatsiyalash materiallari ishlab chiqarish kompaniyasi;
  • “GST Korea Co. Ltd.” Ko’p tarmoqli kontsernining O’zbekistondagi distribyutori;
  • “Maz-Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
  • “Crystal Technologies Group” shisha kristal plitalar ishlab chiqarish kompaniyasi;
  • “Sredazpodshipnik” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
  • “Garant Mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
  • “Topol-Eko” bino va inshootlar uchun avtonom kanalizatsiya kompaniyalar guruhi;

kabi yurtimizdagi salohiyatli qurilish materiallari va texnikalari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ishtirok etdi.