Endi tadbirkorlik, shaharsozlik, yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun berilgan yerlar, qolaversa, xususiylashtirilgan davlat obyektlari hududlarini xususiylashtirish mumkin. Ariza berish tartibi, uni rad etish asoslari, xususiylashtirilgan yerlarni mulkdordan olib qo‘yishni tartibga soluvchi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Kecha Shirin shahri va Boyovut tumanida o’kazilgan seminar bugun Adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari J.Shamirzaev, B.Norbaev, Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i K.Shodmonov, Qurilish bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari T.Sultonovlar boshchiligida Guliston va Mirzaobod tumanlari hokimligida qurilish bo’yicha hokim o’rinbosarlari, mahalla raislari hamda mas’ullar ishtirokida bo’lib o’tdi.