O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4898-sonli qarori doirasida Sirdaryo viloyati hududida qurilish ishlari bajariladigan obyektlarning tender savdolari bo’lib o’tdi.
Tender savdosini tender komissiyasi raisi viloyat hokimi o’rinbosari V.Ibadullayev ochib berdi. Savdolarda qurilish ishlarini bajarishni istagan pudrat tashkilotlari qatnashishdi.