Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonning beshta viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.
Qaror bilan:
- Sohibjon Jumayev Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Hayot Davlatov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Timur Turdiboyev Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Mahmud Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Zoxidjon Zokirov Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Aktam Chorshanbiyev ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Laziz Pozilov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Akmal Rahmonov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Dilshod Niyazov o‘z arizasiga asosan Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.
Bundan tashqari, Said To‘xtayev Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlangan. Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — shahar bosh arxitektori lavozimiga Shavkat Do‘smuhamedov nomzodi ma’qullangan.