“O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi

0
646

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Qurilish sohasida axborot tizimi va geografik axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimini yanada rivojlantirish va uning “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish vazirligi bilan kelishilgan grafik asosida “O‘zGASHKLITI” DUK vakili tomonidan Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida viloyatdagi qurilish va shaharsozlik sohasidagi rahbar va mutaxassislar uchun “Davlat shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimi” geoportalidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

  • “O‘zbekiston Respublikasi Davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ning shaharsozlik faoliyati to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanuvchi subyektlarni, ularning vazifalari, javobgarligi hamda ishlash tartibi;
  • internet axborot tarmog‘idan foydalangan holda hududlar to‘g‘risidagi fazoviy ma’lumotlarga (ochiq geografik resurslarga, shaharsozlik rejalashtirish natijalariga, yerni masofadan turib zondlashning hududiy ma’lumotlar bankiga) kirishni ta’minlovchi axborot tizimi;
  • hududdagi obyektlar joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hamda muayyan shaklda va koordinatalar tizimida taqdim etilgan axborot;
  • obyektlarning manzilli dasturi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan obyektlarning yillik manzilli ro‘yxati shakllantirilishini, ma’lumotlar bazasi yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash obyektlari bo‘yicha turlarga bo‘lib yuritilishi;
  • obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzilishi va avans mablag‘lari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishi;
  • loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, ko‘rsatilgan xizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilganligiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishi;
  • obyektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi o‘rtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablag‘lari to‘langanligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirilishi;
  • obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida ma’lumotlarni yig‘ish, bajarilgan ish hajmlari asosida to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirilishi;
  • obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish va monitoring olib borishda ularni ro‘yxatga olish, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirilishi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here