O‘zbekiston qurilish materiallari Rossiya bozoridagi g‘arb mahsulotlari o‘rnini egallaydi

0
101

Rossiya qurilish va uy-joy xo‘jaligi vaziri Irek Fayzulin O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida xorijdan olib kelinadigan qurilish resurslari o‘rnini O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan materiallar bilan qoplash imkoniyati ko‘rib chiqilgan. Buning uchun yaqin vaqtlar ichida ichki bozor ehtiyojini qondirish imkonini beradigan va resurslar o‘rnini egallaydigan qurilish materiallari ro‘yxati tayyorlanadi. Fayzulin so‘zlariga ko‘ra, hozirgi geosiyosiy vaziyatda tashqi iqtisodiy strategiyani qayta ko‘rib chiqish, diversifikatsiya qilish, ayrim hollarda hamkorlik yo‘nalishlarini qayta yo‘naltirish masalalari muhim ahamiyatga ega. Birgalikdagi ishlar tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish, qurilish materiallari va uskunalari kafolatlangan uzoq muddatli bozorni shakllantirish, shuningdek, yangi namunalar va texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekistondan mutaxassislarni Rossiya qurilish obyektlariga jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida xodimlarning o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yish muhokama qilingan. O‘zbekistonda Rossiyadagi qurilish obyektlarida talabgir bo‘lgan asosiy ish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta maxsus ta’lim bazasi shakllantirilgan.

Muallif: daryo.uz

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here