Navro‘z bayramida ketma-ket 3 kun dam olish kuni

0
92

O‘zbekistonda 2021-yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi. 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida dam olish kunlarida alohida o‘zgarish bo‘lmaydi va quyidagicha tartibga solinadi:

  • 6-mart — shanba (faqat 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun ish kuni);
  • 7-mart — yakshanba (barcha uchun dam olish kuni);
  • 8-mart — (bayram, barcha uchun dam olish kuni).

Ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar, Navro‘z bayramida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:

  • 20-mart — shanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni);
  • 21-mart — yakshanba (Navro‘z bayrami);
  • 22-mart — dushanba (27-mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan — barcha xodimlar uchun dam olish kuni).
  • 27-mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun, jumladan haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ham ish kuni hisoblanadi.

Muallif: Daryo.uz