Mustaqilligimizning 30 yilligi muborak!

0
45
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar!

Bugun eng aziz va muqaddas bayramimiz – Respublikamiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Siz azizlarni ushbu eng ulug‘ va eng aziz ayyom bilan chin qalbdan samimiy qutlashga ijozat bergaysizlar.

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘tayotgan 30 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng ko‘lamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Shu o‘rinda qurilish sohasida ham juda ko‘p yangiliklar va islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar, avvalo, farzandlarimiz va ularning ota-onalari qalbidagi ertangi kunimizga, kelajakka boʻlgan katta orzu-umid va ishonchdan darak beradi. Maʼlumki, bugungi bayram arafasida turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning katta bir guruhi davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. Ularning barchasini qizgʻin tabriklab, ijtimoiy faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mustaqillik hadya etgan ne’matlardan bahramand bo‘lish, ular bilan faxrlanish yaxshi, albatta. Siz bilan bizning bosh vazifamiz, burchimiz, ana shu ne’matlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, jamiyatga  kerakli inson bo‘lib xizmat qilishdir.

Yana bir bor sizlarni Vatanimizning Istiqlol bayrami bilan chin qalbdan tabriklar ekanmiz, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilaymiz. Vatanimizni, xalqimizni, barchamizni yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan asrasin. Osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan!

Sirdaryo viloyat qurilish bosh boshqarmasi jamoasi

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here