Mahalla obodligi – yurt obodligi. Sardoba tumani misolida

0
103

Keyingi yillarda mamlakatimizda mahalla o’zini o’zi boshqarishning muhim instituti sifatida jamiyatimizdan mustahkam o’rin egallamoqda. Yurtdoshlarimizning ishonchini qozonib, ularning tayanchi va suyanchiga aylanib borayotgan bu tuzilma xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini ta’minlashdek ezgu va mas’uliyatli, ayni paytda, sharafli vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Ayniqsa, mahallalarda yashovchi fuqarolarning faolligi, tashabbuskorligi bilan hududlar yanada obod, farovon bo’lib bormoqda. Sardoba tumani “Birlashgan” mahallasi obodonligi yo’lida olib borilayotgan ishlar shular jumlasidandir. Darhaqiqat, yurtimiz mahallalarining obod va ko’rkam bo’lishi aholining hamjihatligi, o’zaro mehr-oqibatiga bevosita bog’liq. Zero, ahillik bor joyda osoyishtalik, obodlik, xotirjamlik bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, har ikki mahalla fuqarolar yig’inida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar yurt istiqboli, el manfaatiga xizmat qilayotgani quvonarlidir.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here