Bugun Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida Qurilish vazirligining Xoshimov Shuxratxo’ja Raxmatjonovich boshchiligidagi ishchi guruhi viloyatda davlat investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan qurilishlarning loyiha-smeta hujjatlari bilan tanishib chiqdi.
Ishlab chiqilgan loyihalarda energiya tejovchi, samarador va zamonaviy qurilish materiallardan foydalanish, ijtimoiy obyektlarda quyosh panellarini o’rnatishni majburiy tartibda amalga oshirish buyurtmachi va loyihachilarga tushuntirildi. Hukumat talabidan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilyotgan loyihada shaharsozlik norma qoidalariga roiya etilishi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.