Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish

0
133

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020-yil 9-noyabrdagi 699-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, qurilish sohasida reyting tizimini joriy qilish va davlat xaridlariga oid islohotlar taqdimotlari bo’yicha 11-dekabr soat 11-00 da videokonferensiya bo’lib o’tdi va quyidagi masalalar ko’rildi:

  • Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi to’g’risidagi nizom;
  • Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi hisobi O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan metodikalar asosida yuritilishi;
  • Reytinglarni hisoblash uchun O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy ma’lumotlar o’rnatilgan tartibda taqdim etilish;
  • Reytinglarni joriy etish uchun «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy ta’minotlar;
  • O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi reytinglar hisobini yuritish uchun zarur bo’lgan dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish hamda «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirish;
  • loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari to’g’risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda ular reytingini yuritish;
  • loyiha va qurilish ishlarida markazlashtirilgan mablag’lardan samarali foydalanish bo’yicha takomillashgan tizimni joriy etish;
  • loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga to’liq rioya etilishiga erishish;
  • loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari o’rtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali pudrat hamda loyiha ishlari bozorini rivojlantirish;
  • loyiha va qurilish sohasida mahoratli ishchi va xizmatchilarni (kadrlarni) tayyorlash, ular malakasini muntazam ravishda oshirib borish orqali loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari salohiyati oshirilishiga erishish;
  • loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari soha bo’yicha dunyodagi nufuzli tashkilotlar reytingida yuqori pog’onalardan joy olishini ta’minlash.