“Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

0
101

Qarorga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi.

Bunda reyting baholash quyidagi 5 ta yo’nalish bo’yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi:

– davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi;
– korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo’yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
– davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko’rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
– xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko’nikmalarini oshirish bo’yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
– korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarining samaradorligi.

Reyting baholash tizimi 2022-yil 1-fevraldan boshlab, eksperiment tariqasida, o’z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022-yil 1-iyuldan barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

Reyting baholash «E-Anticor.uz» elektron platformasi orqali tashkil etiladi.

Muallif: xabar.uz

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here