Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMTning Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik maxsus seminar-trening o’z ishini boshladi. Unda 220 dan ortiq vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari bevosita va onlayn tarzda ishtirok etmoqda. Ushbu seminar-trening orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatiga amaliy yordam berish ko’zda tutilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini amaliyotga tatbiq etish ham e’tibor markazidagi asosiy masala bo’ladi.
Bosh BARCHA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari uchun maxsus seminar-trening boshlandi