Investitsiya dasturini shakllantirish bo’yicha A.T.Xojimatov boshchiligida yig’ilish o’tkazildi

0
219

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o’tish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5717-son Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “2021-2023-yillarda Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4936-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 15-yanvarь kuni Qurilish vazirligida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida Sirdaryo viloyati boʼyicha 2021 yil uchun shakllantirilgan Investitsiya dasturiga kiritilgan jami 90 ta ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan. Shundan, 13 ta maktab, 13 ta maktabgacha taʼlim, 6 ta sogʼliqni saqlash obʼektlari, 2 ta jismoniy tarbiya va sport, 2 ta madaniyat va sanʼat, 6 ta ichimlik suv obʼektlari, 5 ta avtoyoʼl obʼektlari va 43 ta boshqa obʼektlarining loyiha-smeta hujjatlari tayyorgarligini koʼrib chiqildi.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari A.T.Xojimatov tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyor bo’lgan ob’yektlarni buyurtmachi va loyiha-qidiruv tashkilotlariga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Sirdaryo viloyati filiali xulosalari olish uchun taqdim etilishi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi va tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari yig’ilishda binolarning konstruktiv yechimlariga qoʼyiladigan talablarni toʼliq inobatga olgan holda, energiya tejamkor yechimlarni talab etilishi va pardozbob materiallarni qoʼllash bo’yicha atroflicha so’z yuritildi.