Sirdaryo viloyatining markazi hisoblanadigan Guliston shahrining eski dehqon bozori hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish va biznesni yangi bosqichga olib chiqish maqsadi xorijiy tajriba asosida hududning “Master plani” ishlab chiqilmoqda.
Master plan asosida tashkil etiladigan “Guliston city”da biznes markazlari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish obyektlari, turar joylar mavjud bo’ladi. Unda istiqomat qiluvchi va foaliyat yuritadigan tadbirkorlar o’z mahsulotlarini chet el davlatlariga eksport qilish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.