Ekskursiya

0
89

Azizlar, Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi jamoasi joriy yilning 23-oktabr kuni Mirzaobod tumani Yangi O’zbekiston (Haqiqat) hamda Oqoltin tumani Yangi Toshkent (Sahovat) mahallalarida olib borilgan ishlar bilan to’liq tanishishdi.

Birinchi bo’lib Mirzaobod tumani Yangi O’zbekiston mahallasida qurilgan zamonaviy ko’rinishdagi ko’p qavatli turar-joylar, undagi yaratilgan qulay sharoitlar va zamonaviy mahalla idorasi, bolalar o’yingohi, mehnat guzari, bolalar uchun kichik yo’l harakati o’rgatish maydonchasi hamda maktabgacha ta’lim ob’yektlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

Keyin qurilish bosh boshqarmasi delegatsiyasi Oqoltin tumani Yangi Toshkent mahallasida bo’ldi. Zamonaviy ko’rinishda qayta ta’mirlangan turar-joy binolari. Aholi uchun yaratilgan ish joylar ya’ni turli tikuvchilik sexlari, issiqxonalar hamda yoshlar uchun kututbxona va istirohat bog’i. Qayta ta’mirlangan maktab va maktabgacha ta’lim binolari bilan yaqindan tanishdi.

O’sha kuni, Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida bosh boshqarma xodimlari, tuman va shahar bosh arxitektorlari hamda mutaxassislari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda:

Yurtboshimiz tomonidan “Har bir tuman va shahar markazlarida Sardobada qurilgan ko’p qavatli turar-joylar andozasida kichik shahar markazlari tashkil etish” topshirig’i yuzasidan tuman va shahar bosh arxitektorlariga qisqa muddatda massiv joylashuvi bosh rejasining taklifini berish topshirig’i berildi. Shundan keyin Sardoba suv ombori talofatlarini bartaraf etishda o’zining yuksak jonkuyarligi, mehnatkashligi bilan o’rnak bo’lgan Oqoltin tumani qurilish bo’limi xodimlariga “DAMAS” rusumli xizmat avtomobilining kaliti tantanali ravishda topshirildi.