DSHK Geoaxborot tizimi ishga tushdi

0
712

Ushbu tizim orqali O’zbeksiton Respublikasi hududida yurutilayotgan davlat shaharsozlik kadasti to’g’risida batafsil ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Geoaxborot tizimida ikki xil turdagi(umumiy hamma uchun ochiq bo’lgan va ma’lum bir guruh foydalanuvchilari uchun mo’ljallangan) ma’lumotlar mavjud.

«Davergeodezkadastr» qo‘mitasi hamda Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi tomonidan aholiga interaktiv xizmat ko‘rsatish maqsadida geoportal joriy etildi.

Geoportal tizimidan maqsad xarita tuzish ishlarida inson omilini kamaytirish hamda yuqori aniqlikda ma’lumotlar olish uchun zamonaviy texnologiyalar, ya’ni masofadan zondlash (remote sensing), Global navigatsion sun’iy yo‘ldoshlar tizimlaridan (GNSS) foydalanib mavjud ma’lumotlarga solishtirish orqali noqonuniy egallangan maydonlarni aniqlash, navbatchi qishloq xo‘jaligi xaritalarini yuritish, har yillik hosil uchun qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlarda monitoringini olib borish, tahlil qilish va prognozlash ishlari, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish uchun asos yaratishni avtomatlashtirishdan iborat.

Ushbu tizimda asosan davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish, hamda shu ma’lumotlar asosida aholiga interaktiv xizmatlar taqdim etish ko‘zda tutilgan. Aholiga interaktiv xizmat ko‘rsatish bo‘limi 5 ta moduldan iborat. Ular quyidagilar: «Tadbirkorlar uchun»; «Sayohat»; «Mening yurtim – mening xaritam»; «Interaktiv o‘quv xaritalari»; «Kelajak xaritasi». Tadbirkorlarga taklif qilinadigan zahiradagi yoki vaqtinchalik hokimiyat tasarrufidagi hamda samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarining xaritadagi joylashgan o‘rni, fotosurati, parametrlari va mutaxassis tomonidan berilgan taklifni olish imkoniyati mavjud. «Sayohat» moduli respublikada turizmni rivojlantirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar, muzeylar va dam olish zonalari va ular atrofiga yaqin mehmonxona, restoran, kafe va boshqa obektlar to‘g‘risida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlar olish hamda marshrutni belgilashdan iborat. «Mening yurtim – mening xaritam» aksiyasida mamlakatning har bir fuqarosi ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari bilgan joylar to‘g‘risida ma’lumot kiritishi yoki mavjud ma’lumotlarni tahrirlash imkoniga ega bo‘lishadi. Kiritilgan ma’lumotlar qo‘mita mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi va har oyda «eng ko‘p ma’lumot kiritgan sayt a’zosi», «eng to‘g‘ri ma’lumot kiritgan sayt a’zosi» nominatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar berib boriladi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here