Davlatimiz rahbari Guliston shahrining “Yangi hayot” mahallasida qurilgan yangi uylarni ko’zdan kechirdi

0
26

Davlatimiz rahbari Guliston shahrining “Yangi hayot” mahallasida bo’ldi.

Bu yerda 2019-2020-yillarda 14 ta ko’p qavatli uy qurilgan. Bugungi kunda yana 7 ta 9 qavatli uy qurilishi boshlangan. Ulardagi 504 ta xonadondan 100 tasi kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli ravishda beriladi. Yoshlar mehnat guzari, stadion, bolalar maydonchalari quriladi.

Prezidentimiz yangi mavzeda xizmatlarni ko’paytirish, tadbirkorlik subyektlari tashkil etib, bu erda yashovchilarni ish bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

— Kambag’allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Bu maqsadlar uchun katta imkoniyatlar berilyapti. Bu yildan boshlab ipoteka krediti bo’yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik va cheklovlar bo’lmaydi, deb e’lon qilganmiz. Shundan foydalanib, tadbirkorlar ishtirokida ko’p uylar qurish mumkin.

Shu yerda mahalla nuroniylari bilan samimiy muloqot bo’ldi.

— Bir paytlar Sirdaryo viloyati faqat qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan edi. Oxirgi yillarda zamonaviy sanoat kirib kelayapti. Mana shunday uylar qurilayapti. Nima uchun? Odamlarda xarid qobiliyati bor. Endi bu ishlarni to’xtatmasligimiz kerak. Chunki yoshlarimiz etishib kelayapti, xalqimizning talabi o’sib borayapti. Davlatimiz shunga munosib sharoit yaratishi kerak, — dedi Prezident. Nuroniylar viloyatda ro’y berayotgan o’zgarishlar, yoshlar tarbiyasi haqida o’z fikrlarini bildirdi.

Muallif: sxabar.uz

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here