Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha latviya tajribasi o‘rganildi

0
83

Joriy yilning 31 mart kuni Latviya korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi hamda Davlat daromadlari xizmati mutaxassislari tomonidan Agentlik mas’ul xodimlari uchun «Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda daromad va mol-mulkni deklaratsiya qilish» mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: Latviya “Transperancy international” reytingida 36-o‘rinni egallagan. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) Latviyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli organ bo‘lib, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Tadbir davomida xorijiy ekspertlar tomonidan Latviya korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosining asosiy vazifalari va faoliyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishdagi sa’y-harakatlar, Latviyada davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiyalash yo‘nalishlaridagi taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, Davlat daromadlari xizmati faoliyati, vakolatlari hamda mamlakatda deklaratsiya tizimining joriy etilishi va amalda qo‘llanilishi, shuningdek, idoraning ichki xavfsizligini ta’minlashdagi tajribasi yaqindan o‘rganildi.

Muallif: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here