Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida sohasi xodimlari, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali va Adliya boshqarmasi bilan birgalikda “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda mazkur qonun bilan respublika miqiyosida davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilanganligi, ularning haq-huquqlari, davlat xizmatini bajarishda majburiyatlari oshirilganligi tushuntirildi.
Qonun bilan bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog’onalarida o’stirish, rag’batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham berilishi, Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida ma’lumot berildi.