Buxoroda qurilayotgan binoning bir qismi qulab tushdi

0
47

29-mart kuni soat 14:30 lar atrofida Buxorodagi 5-mikrorayonda (Orbita) qurilayotgan binoning bir qismi qulab tushgan. Ushbu hodisaga binoning yaqin atrofida qazish ishlari olib borilayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Buxoro viloyati hamda Buxoro shahri hokimligi vakillari voqea joyiga yetib borgan. Ushbu manzil avtomobillarni yuvish shoxobchasi. Shoxobchadan uncha uzoq bo‘lmagan manzilda ish boshlagan quruvchi tashkilot qurilish ishlari standartiga rioya qilmagan. Birlamchi o‘rganuvlarga ko‘ra, holatning sodir bo‘lishida har ikki tadbirkor ham kamchilikka yo‘l qo‘ygani aniqlangan. Hodisa oqibatida jabr ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q. Holat o‘rganilmoqda.