Boshqarmada Oqoltin tumanining bosh reja loyihasi taqdimoti bo’lib o’tdi

0
33

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasining majlislar zalida joriy yilning 27 oktabr kuni “O’zshaharsozlik LITI” DUK tomonidan ishlab chiqilgan Oqoltin tumani Andijon va Farg’ona shaharchasining bosh reja loyixasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Bunda Oqoltin tumani Andijon va Farg’ona shaharchasining 2043 yilga rejalashtirilgan bosh reja loyixasiga ko’ra Ichimlik suv tarmoqlari, oqova suv tarmoqlari, elektr, gaz, bino va inshootlar qurilishi, yakka tartibdagi uy-joylar, sanoat zonalari, istirohat bog’lari, aholiga xizmat ko’rsatish obyektlari va boshqalar bo’lib o’tgan taqdimotda ko’rib chiqildi.

Shu bilan birga taqdimotda “O’zshaharsozlik LITI” DUK rahbari o’rinbosari boshchiligida, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi tuman va shahar bo’lim hodimlari viloyatdagi Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Elektr tarmoqlari, Gaz ta’minoti, Suvta’minoti va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirok etishib, taqdimotda bosh reja loyixasini ko’rib chiqishib, o’zlarining takliflarini ham bildirishdi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here