Boshqarma boshlig’i Sirdaryo tumanida ishsiz yoshlar bilan uchrashdi

0
124

Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i Aziz Xudaynazarov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, Sirdaryo tumani “Farovon” mahallasida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turuvchi va ishlashga layoqatsiz nogironligi mavjud yoshlar bilan uyma-uy yurib yaqindan suhbatlashdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig’i A.Xudaynazarov yoshlar bilan suhbatlashish jarayonida ularning qiziqishlariga ham alohida e’tibor qaratdi. Ayrim yoshlar rassomchilik, she’rlar yozish hamda tikuvchilikka qiziqishlarini bildirishdi. Jumladan, Mehnatsevar ko’chasi 8-uyda istiqomat qiluvchi 2003-yilda tug’ilgan Abdullayeva Aziza esa har xil turdagi rasmlar chizishga qiziqishini bildirdi va o’zining chizgan san’at asarlarini ko’rsatdi. Boshqarma boshlig’i ushbu chizgan rasmlarini ko’rib, Azizaga rasm chizish uchun kerakli bo’lgan anjomlar olib berdi.

Shu bilan birga Hamdo’stlik ko’chasida istiqomat qiluvchi 1996-yilda tug’ilgan Djumanov Otabek esa she’r yozishga qiziqishini aytdi va o’zi yozgan she’rlaridan mutolaa qilib berdi. Otabek O’zbek shoiri va jamoat arbobi Abdulla Oripov ijodiga qiziqishini hamda Abdulla Oripovga o’xshab buyuk shoir bo’lish orzusi borligini aytdi. Shundan so’ng Otabek yozgan she’rlarini gazetalarda chop ettirilishini boshqarma boshlig’i aytib o’tdi va mas’ul hodimlarga tegishli topshiriqlarni berdi.

Qolaversa, uyma-uy yurib yoshlar bilan uchrashish davomida nogironligi bor ishlashga layoqatsiz kam ta’minlangan yoshlarni davolanishida imkoniyatlar yaratib berish maqsadida “YO’L XARITASI” ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich yoshlarni shifoxonalarda davolanishlari uchun imkoniyat yaratib berilishi belgilab olindi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here