Biznes-ombudsmanga Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining ayrim moddalari bo’yicha ishlarni ko’rish va ma’muriy jarima qo’llash vakolati o’tkazildi

0
131

Bugun viloyat Qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil (Biznes-ombudsman) boshchiligida Qurilish bosh boshqarma, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va “Shaharsozlik hujjatlari ekkspertizasi” DUK xodimlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Biznes-ombudsman vakili ta’kidladiki, tadbirkorlik sohasida buzilishi ma’muriy huquqbuzarlik keltirib chiqaradigan qonun buzilishlar bo’yicha ishlarning ayrim moddalar bo’yicha 2022-yil 11-yanvarga qadar tuman (shahar) ma’muriy sudlar tomonidan ko’rib chiqilgan. Endilikda O’zbekiston Respublikasi “O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 245 va 245-8-moddalariga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi 2022-yil 11-yanvardagi 744-O’RQ-sonli Qonunga muvofiq ushbu kodeksning ayrim moddalari bo’yicha ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jarima tayinlash Biznes-ombudsman vakolatiga o’tkazildi.

Jumladan, Qonun bilan Ma’muriy jinoyat Kodeksining 245-moddasiga o’zgartirish kiritilib, 43-modda (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 200-2-modda (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno) 241-1, 241-2, 241-3, 241-4, 241-6, 241-8, 241-10-moddalar bo’yicha ma’muriy ishlarni ko’rib chiqish taalluqliligi bo’yicha tuman (shahar) jinoyat ishlari bo’yicha sudlardan Biznes-ombudsmanga o’tkazildi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here