Bayramingiz muborak bo’lsin- Aziz va mo’tabar ayollar

0
79

Siz ayolsiz, shirin so’zli, muloyim,

Latofatni bergan sizga Xudoyim.

Yuzingizga oy ham boqib uyalar,

Zuhro yulduz havas bilan mo’ralar.

Muhabbatda sadoqatli, hayoli,

Ishq bog’ida yigitlarning xayoli.

Muqaddassiz o’zbek qizi, ayoli.

Alla aytib mehr bilan boqasiz,

Murg’ak qalbga oq sut bo’lib oqasiz.

Dardga malham bo’lgan mehrigiyoli,

Muqaddassiz o’zbek qizi, ayoli.

Ayol- nozik qalb egasi, go’zallik shaydosi, borliqning mo’jizakor hilqati, munavvar olamning chiroy ko’zgusi. Bugun Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida 8-mart “Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan boshqarmada mehnat qilayotgan xotin-qizlar boshqarma xodimlari tomonidan qizg’in muborakbod etildi.

Aziz va mo’tabar ayollar sizlarni 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar ayyomingiz bilan muborakbod etamiz, doimo yuzingizdan kulgu, lablaringizdan tabassum, qalbingizdan bahorning chiroyi tark etmasin. Bayrmingiz muborak bo’lsin!

Hurmat bilan, Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi.