O’zbeksiton Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.Narbayeva tomonidan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga muvofiq vazirlik va idoralar, ularning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan, Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida bosh boshqarma, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi va “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK viloyat bo’limi xodimlari ishtirokida 2021-yil 29-noyabr kuni “Korrupsiya rivojlanishimizga to’siq” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda viloyat prokuraturasi, viloyat adliya boshqarmasi, Sirdayo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.
Davra suhbatida bosh boshqarma “komplaens nazorat” bo’limi boshlig’i O.Babarajabov tomonidan korrupsiy, korrupsiyaviy harakatlar va boshqa masalalar yuzasidan batafsil tushuncha berildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va barham berish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi masalalari ishtirokchilar tomonidan keng muhokama etildi.
Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi J.Umurzoqov qurilish vazirligi faoliyatining ochiqligini ta’minlash, uning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini yo’lga qo’yish maqsadida sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish masalalariga to’xtalib o’tdi.
O`zbekiston Respublikasi Transport, yo`l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi-Sirdayo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mas’ul xodimi S.Sodiqov qurilish vazirligi tizimida halollik siyosatini ta’minlash, ya’ni xodimlar va umuman jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish maqsadida yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish jarayonida korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir talablar haqida ma’lumot berdi.
O’tkazilgan tadbirni ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga tushirildi va mas’ul xodimlardan intervyular olindi.