8-avgust – Quruvchilar kuni muborak!

0
113

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, avgust oyining ikkinchi yakshanbasi qurilish sohasi xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi.

Hurmatli quruvchilar!


Siz, azizlarni – mamlakatimizning qurilish sohasini ravnaq toptirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni bugungi kasb bayramingiz – Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Shu kunlarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ijtimoiy hayotimizdagi ulkan o‘zgarishlar, jumladan, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida belgilab olgan vazifalarimiz soha rivojini mutlaqo yangicha tarzda, zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlari asosida tashkil etishni talab etmoqda. Siz o‘z mehnati bilan shahar va qishloqlarimizda, butun yurtimizda yangi ishlab chiqarish korxonalari, muhim ijtimoiy ob’ektlar, muhtasham uy-joylar, yo‘l va ko‘priklar barpo etib, hayotimizni yanada obod, go‘zal va tarovatli etish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan olijanob kasb egalarini hisoblanasiz. Ushbu qutlug‘ ayyomda sizlarga o‘zimiz va xalqimiz nomidan ezgu tilaklar va chuqur minnatdorlik bildiramiz. “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha mamlakatimizda ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr, tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yo‘llar, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi ob’ektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari samarali olib borilib, o‘zining natijalarini berayotgani barchamizni albatta quvontiradi.

Xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirishga bevosita xizmat qiladigan bunday ezgu ishlar haqida gapirganda, aholi punktlarini qurishda kompleks yondashuv asosida uy-joy, turli bino va inshootlar bilan birga hududlarda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ta’lim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, yangi istirohat bog‘lari va xiyobonlar, favvoralar, bolalar maydonchalari va sport maskanlari bunyod etilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati jadal rivojlanib borayotgani ham soha taraqqiyotida muhim rol o‘ynamoqda. Birgina uy-joy binokorligida foydalanilayotgan sifatli qurilish materiallarining asosiy qismi mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Aziz qurilish sohasi xodimlari!

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

Hurmat bilan! Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi jamoasi!

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here