
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo’yicha “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, unga ko’ra o’zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi.
Mamlakatimizda har yili ushbu bayram keng nishonlanib, turli uchrashuvlar, badiiy kechalar o’tkazilib kelinmoqda.
Shunday uchrashuvlardan biri Sirdaryo vilotayi qurilish bosh boshqarmasida ham bo’lib o’tdi. Unda, Guliston shahar ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori I.Norbekov va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, erkin ijodkor A.Nurboyevlar qatnashdi. Ular o’zbek tilining tarixi, bugungi kundagi ahamiyati va uni yanada rivojlatirish borasiga qilinayotgan ishlar haqida uchrashuv qatnashchilariga ma’lumotlar berdi, hamda shoir ijodiga mansub she’rlar o’qib eshittirildi.
