2022-yilning sarhisobi

0
240

Bugun Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida boshqarma apparati va tuman (shahar) qurilish boʻlimi xodimlari ishtirokida oʻtib borayotgan 2022-yilning sarhisobiga bagʻishlangan yigʻlish boʻlib oʻtdi.

2022-yil davomida viloyatimizda investitsiya, Obod qishloq va Obod mahalla va boshqa davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan qurilish bunyodkorlik ishlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtildi.

Yigʻilishning badiiy qismida qurilish boshqarmasida yoʻlga qoʻyilgan anʼana, yaʼni, “Kitobxonlik” targʻiboti doirasida xodimlar oʻzlari oʻqigan badiiy asar, asar syujeti va undagi voqealar, yozuvchisi haqida yigʻilganlarga soʻzlab berdilar.

Tadbirning soʻngida 2022-yilda oʻzining samarali mehnati, faolligi, boshqa xodimlarga oʻrnakligi bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar “Sertifikat” va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bular:

  1. “Eng yaxshi kitobxon” – Guliston shahar qurilish boʻlimi boshligʻi Raimberdiyev Javlon.
  2. “Eng yaxshi targʻibotchi” – Komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi Boborajabov Orifjon.
  3. “Eng yaxshi boʻlim” – Loyiha va pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Xasanov Ilyos.
  4. “Eng yaxshi tozalik xodimi” – Boshqarma farroshi Qurbonova Xayriniso.
  5. “Eng yaxshi qoʻriqchi” – Boshqarma qorovuli Jabborov Ilhom.

Barcha xodimlarga yangi yil sovgʻalari tarqatilib, yangi yilda qurilish sohasida zafarlarga erishish, omad, sihat-salomatlikda keyingi yangi yil bayramlarini birgalik kutib olish tilab qolindi.
Kirib kelayotgan yangi 2023-yil barchaga omad olib kelsin!!!

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here