“2022–2024 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan Viloyat qurilish bosh boshqarmasida yig’ilish bo’lib o’tdi

0
255

2022-yil 22-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2024 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 98-sonliqarori qabul qilindi. Ushbu Qaror bilan 2022–2024-yillarda O’zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida belgilangan yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun jami 76 881,0 mlrd so’m ajratiladi. Shunga ko’ra, mazkur yillarda jumladan quyidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish nazarda tutilgan:

54 230 o’quv o’rni va 8 358 yotoq o’rniga ega oliy ta’lim muassasalari;

259 101 o’quv o’rniga ega, 248 ta sportzaldan iborat umumta’lim, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;

88 310 o’ringa ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

24 213 o’ringa ega sog’liqni saqlash muassasalari.

Qaror bilan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha Respublika komissiyasi tuzildi. Respublika komissiyasi Dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo’jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Dasturlar doirasida rejalashtirilgan mablag’larni ichki manbalar hisobidan jalb qilingan qarz mablag’lari, xorijiy kreditlar va ular bo’yicha hisoblangan foiz to’lovlarini qoplashga, shuningdek, ob’ektlar qurish uchun kreditlar ajratishga yo’naltirish taqiqlanadi.

Qarorga ko’ra, 2022-yildan:

ikki yil muddatga vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha yangidan boshlanadigan loyihalarni (Prezident qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, shuningdek, yangidan tashkil etiladigan shahar va tumanlarda joylashadigan loyihalar bundan mustasno) O’zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlanadi;

kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonlarida keyingi yillarga o’tadigan loyihalar (ob’ektlar) soni bosqichma-bosqich qisqartiriladi va ularni tegishli moliyaviy yilda foydalanishga topshirish nazarda tutiladi. 2022-yilda yakunlanadigan ta’lim muassasalari ob’ektlari – 15 avgustgacha, sog’liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar ob’ektlari – 1 oktyabrgacha, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari ob’ektlari – 1 dekabrgacha foydalanishga topshiriladi.

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Viloyati qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida Viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdug‘affor Tillaboyevich boshchiligida yig’ilish bo’lib o’tdi. Ushbu yig’ilishda qaror ijrosi yuzasidan Viloyat mas’ul tashkilotlariga tegishli ko’rsatmalar berildi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here